29 iyu 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC. Reytingda birinchi raqamli sportchi chempion Xollouyeni jangga chorladi
Yarimengil vazn toifasida reytingda birinchi raqam hisoblangan Aleks Volkanovski divizion chempioni Maks Xolloueyga "vyzov" tashladi.
"U Edgarga qarshi jangda jiddiy jarohatlar oldi deb o'ylamayman. Bu borada vazn haydash kattaroq muammo bo'lishi mumkin. U yana vazn haydashni istaydimi yo'qmi, buni bilmayman. Ammo, umid qilamanki u buni xohlaydi.
Barchasi uning qo'lida. Keling 5 oktyabr kuni Avstraliyada 60 minglik arenani to'ldiramiz. Biz barcha rekordlarni yangilashimiz mumkin, bunda men ham ishtirok etishni istayman. Umid qilamanki, Maks ham", - dedi Volkanovski.
30 yoshli avstraliyalik sportchi may oyida Joze Aldoga qarshi jang qilgan va hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar