19 dek 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC reytingi elon qilindi, Xabibdan keyingi o'rinlarni kim band etgan?
Aralash qoidalar bo'yicha UFC tashkiloti yangi reyting o'rinlarini elon qildi.
Ko'pchilikni Xabib Nurmagomedov, Toni Fergyuson, Konor Makgregor jang o'tkazadigan engil vazn toifasi reytingi qiziqtiradi. Rossiyalik sportchi amaldagi jahon chempioni sifatida reyting karvonboshisi bo'lib turibdi.
Bu vaznda eng katta o'sishga El Yakvinta erishgan. U Miluokida bo'lib o'tgan UFC on Fox oqshomida Kevin Lini mag'lubiyatga uchratgan edi. El ushbu g'alabasi evaziga reytingda 8-pog'onadan 4-o'ringa ko'tarilib oldi. Kevin Li 5-o'ringa pastladi.
Nurmagomedovdan keyingi o'rinlarni Toni Fergyuson, Konor Makgregor va Dastin Pore band etishgan. Katta ehtimol bilan 2019 yilda kuchli to'rtlik o'zaro to'qnash kelishadi.
Havola :
Fikrlar