25 fev 08:25
Yangiliklar
UFC reytingi yangilandi: Striklend g'alabasiga qaramay Imavovdan o'tib ketolmadi
Entoni Ernandesni muddatidan avval mag'lub etganiga qaramay, SHon Striklend o'rta vazn toifasi reytingida franciyalik Nasurdin Imavovni ortda qoldira olmadi. U divizionning kuchli o'ntaligida uchinchi pog'onada qoldi. Uchinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan Ernandes esa to'rtinchi o'rindan oltinchi pog'onaga tushdi. Bu esa Brendan Allen va Israel Adesanyaga bittadan o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.

Og'ir vazn toifasi reytingida ham bir nechta o'zgarishlar kuzatildi. Ante Deliyani mag'lub etgan Sergey Spivak Rizvan Kuniev bilan o'rin almashdi. Vitor Petrino divizionning yangi Top-15 vakiliga aylandi. Sakkizinchi o'rinni egallab kelgan Jailton Almeyda ligadan chetlatilgan. Marchin Tibura va Mik Parkin 2, Derrik Lyuis 3, Tallison Teysheyra, SHamil Gaziev 1 pog'onaga ko'tarildi.
Eng engil divizion reytingini kutilmaganda shu hafta oxirida Mexikodagi UFC Fight Night 268 turnirining markaziy jangida Brendon Moreno bilan to'qnash keladigan Lonir Kavana tark etdi va uning o'rnini Jozef Morales egalladi.
O'z divizionlarining eng yaxshi Top-15`taligiga serbiyalik Urosh Medich (yarim o'rta vazn toifasida 12-o'rin) va Melkuizael Kosta (yarim engil vazn toifasida 13-o'rin) kirdi va Joselin Edvards ayollar o'rtasidagi engil vazn toifasida o'n to'rtinchi o'rindan o'n birinchi o'ringa ko'tarildi.

Fikrlar