05 may 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Serrone MakGregorni jangga chorladi
Bugun El Yakvintani mag'lubiyatga uchratgan UFC jangchisi Donald Serrone ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor MakGregor bilan jang qilmoqchi.
"Qariya yigitcha uchun yomon emas, to'g'rimi? Men ketma-ket uchta jangda g'alaba qozondim. Navbatdagi maqsadim - kamar uchun jang qilish. Men sovrin uchun jang qilishni istayman, faqat ungacha Konor men bilan jang qilmasa. Konor, agar sen iyul oyida tayyor bo'lsang, kel shunday qilamiz", - dedi Serrone.
Eslatib o'tamiz, bugun Serrone UFC Fight Night 151 turnirida El Yakvintani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar