15 noy 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC SHara Bulletga raqib berdi, "qaroqchi" ham bunga rozi bo'ldi
O'rta vazn toifasi reytingida 14-o'ringa ko'tarilib olgan SHarabutdin Magomedovning navbatdagi raqibi aytildi.
Rossiyalik "qaroqchi" 2025 yilning 1 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 250 turniri doirasida Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko'tariladi. Britaniyalik aralash yakkakurash ustasi reytingning 15-pog'onasidan joy olgan.
Bu xabarni SHara Bulletning menejeri Rizvan Magomedov ham tasdiqlagan. SHarabutdin ham bu jangga rozilik bergan. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan SHara o'tgan oy UFC`dagi to'rtinchi g'alabasini tantana qilgandi. U o'zining sobiq sparring-raqibi Armen Petrosyandan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar