10 iyu 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. SHevchenko yana 3-4 oydan so'ng jang qilmoqchi
UFCning ayollar o'rtasida engil vazn toifasidagi chempioni Valentina SHevchenko Jessika Ay ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xay-kikni qay tarzda chuqur amalga oshira olganimni bilmayman. Faqatgina referi jangni to'xtatib meni burchakka jo'natib yuborganida u o'rnidan tura olmasligini bildim.
Bu sport, bu MMA - biz aynan shuning uchun mashg'ulotlar olib boramiz. Agar sen raqibingni shunday usulda mag'lub eta olmasang, seni nokaut qilishadi. Biz raqiblarimizdan kuchli bo'lish uchun ham mashg'ulotlar o'tkazamiz. Oktagondagilar u erda nima kutib turiishini bilishadi.
Bir hafta dam olaman va mashg'ulotlarga qaytaman. Men yangi jangga tayyorman. Keyingi jangimni 3-4 oy ichida o'tkazsam ajoyib bo'lardi", - dedi Valentina SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, SHevchenko kecha Jessika Ayni nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar