10 mar 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Smit - Gustafsson jangi yozning birinchi kuni o'tkaziladi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogarlar o'zaro to'qnash keladi.
Gap Entoni Smit va Aleksandr Gustafsson haqida bormoqda. Espn.com sayti xabariga ko'ra ushbu jang Stokgolmda o'tkaziladigan UFC oqshomining markaziy jangi bo'ladi.
Har ikki sportchi 1 iyun kuniga belgilangan jangda ishtirok etish uchun o'zlarining og'zaki roziliklarini berishdi. Tez orada jang shartnomasiga rasman imzo chekiladi. Ikkala jangchi ham amaldagi UFC chempioni Jon Jonsga yutqazib qo'ygan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar