10 mar 18:01
Yangiliklar

UFC sobiq chempioni 2025 yilda tashkil etilishi shart bo'lgan uchta jangni sanab o'tdi
«Birinchi jang — Jon Jons va Tom Aspinall o'rtasida. Dana Uayt bu jang yozda bo'lishini aytdi. Lekin menimcha, uni noyabrda tashkil qilishadi. Bu odatda Jon jang qiladigan vaqt. Bu to'qnashuvni hamma ko'rishni xohlayapti.
Ikkinchi jang — Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasida. Odamlarning etibori juda tez pasayib ketadi. Iliya bu jangni etibor markazida ushlab turishi kerak. Topuriya Islamga qarshi qandaydir voqealar yaratish, turli gap-so'zlar qilishda davom etishi mumkin. Haqoratli gaplar aytib do'sti Merab Dvalishvili kabi shov-shuv yaratib, bu jangni yaxshigina sotishi lozim.
Uchinchi jang — Muhammad va Della Maddalena o'rtasidagi jang g'olibi SHavkat Raxmonovga qarshi», — dedi Sexudo.
Fikrlar