10 apr 10:26
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq chempioni eritropoetin sabab ikki yilga chetlatildi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ti Jey Dillashou USADA tomonidan ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.
Dillashou doping-tekshiruvdan o'ta olmagan edi. 18 yanvar kuni olingan tahlil shuni ko'rsatdiki, uning qon tarkibida taqiqlangan eritropoetin moddasi bor ekan.
Bu haqda UFC chempioniga mart oyida xabar berishgan va Dillashou o'sha zaxotiyoq o'z xohishiga binoan chempionlik kamaridan voz kechgandi. Eritropoetin moddasi tanada kislorod aylanmasini yaxshilaydi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi, tiklanish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Havola :
Fikrlar