17 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC sobiq jangchisi Oq uy turniri nima uchun muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkinligini tushuntirdi
UFC sobiq jangchisi Mett Braunning fikricha, tashkilot 14 iyun kuni bo'lib o'tadigan Oq uy turniridan muxlislar kutayotgan umidlarni oqlay olmasligi mumkin.
"UFC’da avvalgidek yulduzlar yo'q, Konor [Makgregor] esa jang qilmaydi. Menga farqi yo'q kim nima deyishi. Konor nima deydi, Dana [Uayt] nima deydi — farqi yo'q. UFC uni reklama uchun ishlatyapti. U jang qilmaydi.
Men olti-ettita katta jangni tasavvur qila olmayman. Faqat Jons va Pereyra asosiy jang bo'lsa, balki. Ammo bu jang qiziqarlimi?
Yana bir katta muammo — UFC yaxshi janglarni qila oladi, lekin amerikaliklar-chi? Bu Oq uy. Muammo shundaki, UFC’da amerikalik yulduzlar deyarli yo'q", — dedi Braun.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar