13 fev 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Uittaker - Gastelum chempionlik jangi yozda o'tkaziladi
Aralash qoidalar bo'yicha o'rta vazn toifasida UFC chempioni Robert Uittaker hamda davogar Kelvin Gastelum o'rtasidagi chempionlik jangining yoz faslida o'tkazilishi kutilmoqda
Bu haqda Gastelumning menejeri Ali Abdulaziz xabar berdi.
“Men kuni kecha UFCprezidenti Dana Uayt bilan gaplashdim. Uittaker besh haftadan so'ng mashg'ulotga qaytadi. Bu holatda jangning iyun yoki iyul oyida o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'ladi”, - dedi Abdulaziz.
Eslatib o'tamiz, aslida bu chempionlik jangi o'tgan yakshanba tongida Avstraliyada o'tkazilishi kerak edi. Lekin jang kuni Uittakerning sog'lig'ida muammolar yuzaga kelgani bois, chempionlik bahsi bekor qilingandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar