08 fev 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC va Bellator chempionlari o'rtasida super to'qnashuv o'tkaziladi, Usman bunga rozi!
Yarim o'rta vazn toifasida dunyoning ikki katta promoushen chempionlari o'zaro oktagonda to'qnash keladiganga o'xshayapti.
Gap Bellator chempioni Duglas Lima hamda UFC chempioni Kamaru Usman haqida ketmoqda. Lima o'zining Instagram sahifasida Usmanning ushbu jangga rozilik bergani haqidagi xabarni chop etdi va UFC prezidenti Dana Uaytni super to'qnashuvni tashkil qilishga chaqirdi.
"Hamma gap senda qoldi, Dana Uayt! Bellator rahbari Skott Koker va shaxsan Kamaru Usmanning o'zi jangga rozilik berdi. UFC va Bellator chempionlari o'rtasidagi jangni kim ham ko'rishni istamaydi? Bu katta jang bo'ladi", - dedi Duglas Lima.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar