05 iyu 09:33
Yangiliklar
UFC Vegas 118 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi: Belal - Bonfim
Oqshomning asosiy voqeasi yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Belal Muhammad va Gabriel Bonfim o'rtasidagi jang bo'ladi.
Turnirning co-main event, yani ikkinchi muhim jangi o'rta vazn toifasida Brendan Allen va Edmen SHaxbazyan o'rtasida bo'lib o'tadi. SHuningdek, asosiy kardda o'zining noodatiy uslubi bilan tanilgan engil vazn toifasi vakili Fares Ziam avstraliyalik Tom Nolan bilan jang qiladi.
UFC Vegas 118 turnirining to'liq kardi:
Yarim o'rta vazn: Belal Muhammad (#5) – Gabriel Bonfim (#11)
O'rta vazn: Brendan Allen (#4) – Edmen SHaxbazyan
Engil vazn: Fares Ziam (#14) – Tom Nolan
O'ta engil vazn: Brays Mitchell – Santyago Luna
Yarim og'ir vazn: Ivo Baranevski – Junior Tafa
Kelishuv asosidagi vazn (130 funt): Mett SHnell – Alessandro Kosta
O'ta engil vazn: Markus Makgi – Jon Yannis
Eng engil vazn: Bruno Silva (#15) – Edgar CHayrez
Ayollar o'ta engil vazn: Priscila Kashoeyra – CHelsi CHendler
Yarim engil vazn: Jordan Lovitt – Joanderson Brito
Ayollar o'ta engil vazn: Jeysla CHaves – Yuneysi Dyuben
Ayollar minimal vazn: Ketlen Souza – Ariani Karnelossi

Fikrlar