21 mar 09:27
Yangiliklar

UFC Vegas 22 anderkard jangi nokaut bilan yakunlandi
"UFC Apex" stadionida o'tkazilayotgan UFC Vegas 22 (on ESPN 21) oqshomining ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida amerikalik 35 yoshli Maks Griffin xitoylik 31 yashar Kenan Sunga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang birinchi raundning uchinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada to'xtatildi. Griffin osiyolik raqibini nokautga uchratdi va jang yakunlanishi bilan 30 yoshli vatandoshi Jeff Nilni oktagonga chorladi. Jeff yarim o'rta vazn UFC reytingida 11-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, Griffin MMAdagi faoliyati davomida 17 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Xitoylik sportchi esa UFC promoushenida 6 ta jang o'tkazgan bo'lib, hisobida 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat (MMAdagi rekordi – 16-5) bor.
Fikrlar