27 fev 07:21
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/207253_220.jpg)
UFC Vegas 49. Islam Maxachev - Bobbi Grin jangi muddatidan ancha avval yakunlandi
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC Vegas 49 turniri bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina oqshomning engil vazn toifasida o'tgan markaziy jangi yakuniga etdi. Unda rossiyalik 30 yoshli Islam Maxachev 35 yoshli Bobbi Gringa qarshi oktagonga ko'tarildi. Grin jangga bir necha kun qolganida jarohat olgan Benil Daruishning o'rnini egallagandi.
Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Kutilganidek, Maxachev raqibini birinchi raundning o'zida mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu jangda ham Islamning burchagida Xabib Nurmagomedov sekundantlik vazifasini bajarib berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar