01 may 07:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 53. Markaziy jang g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi
Biroz avval AQSHning Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri yakuniga etdi.
UFC Vegas 53 turnirining markaziy jangida ekvadorlik Marlon Vera amerikalik Rob Fontga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi.
Ushbu jangda hakamlar Mayk Bell, Sal D`Amato va Junichiro Kamijoning yakdil qarori bilan, yani 48-47, 49-46, 49-46 hisobida Marlon Vera g'alaba qozondi. Bu ekvadorlik jangchining 20-g'alabasi bo'ldi. Hisobida yana 7 mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar