01 may 07:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Vegas 53. Orlovskiy ishtirokidagi so-main event jangi to'liq davom etdi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
UFC Vegas 53 turnirining so-main event jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda belaruslik Andrey Orlovskiy amerikalik Jeyk Kollega qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq uch raund davom etdi.
Hakamlardan biri 30-27 hisobidagi g'alabani mezbon jangchiga berdi. Qolgan ikki nafari esa 29-28, 29-28 hisobida Orlovskiy g'alaba qozonganini qayd etdi. Bu Andrey uchun MMAdagi 34-g'alabasi bo'ldi. Uning hisobida 20 ta mag'lubiyat ham bor.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar