01 may 09:04
Yangiliklar

UFC Vegas 53 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?
Tashkilotchilar UFC Vegas 53 turnirining bonuslari kimlarga nasib etganini oshkor qilishdi. Fransisko Figeredo va Joanderson Brito yaxshi ishtirok uchun etirof etilishdi. Kechaning markaziy to'qnashuvi esa turnirning eng yaxshi jangi deb topildi.
Besh raund davom etgan jangda ekvadorlik Marlon Vera amerikalik raqibi Rob Fontni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Nomlari tilga olingan uch jangchi kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollar mukofot puliga ham ega bo'lishdi.
Yana ham aniqrog'i, Marlon Vera 100 000 dollar mukofot puli oldi. Boisi, bir kun avval tarozidan o'tish marosimida Rob Font belgilangan vazn meyorini bajara olmagan edi. Uning bonusi ham Marlonga beriladigan bo'ldi.
Fikrlar