10 apr 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Volkanovskining "Koreyalik Zombi"ga qarshi jangi muddatidan oldin yakunlandi
AQSHda UFC 273 turniri nihoyasiga etdi.
Kechaning markaziy jangida yarimengil vazn toifasi chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski Janubiy Koreya vakili CHen Song Jung ("Koreyalik Zombi") bilan bahs olib bordi.
5 raundlik jang to'rtinchi raundda nihoyasiga etdi. Jangda ustunlikka ega bo'lgan Volkanovski to'rtinchi raundga kelib ketma-ket zarbalarni amalga oshirdi va raqibini muvozanatdan chiqardi. Ushbu vaziyatda hakam jangni to'xtatish qaroriga keldi. Texnik nokaut!
SHu tariqa, Volkanovski muddatidan oldin g'alaba qozondi va chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar