07 mar 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC Volkov o'rniga yangi raqib topishga tayyor
Aleksandr Volkov sankciyalar tufayli Buyuk Britaniyaga kira olmagan taqdirda, UFC Tom Aspinallga yangi raqib topadi.
Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt UFC 272 turniri yakunidagi matbuot anjumanida aytib o'tgan.
"Umid qilamanki, zahira varianti kerak bo'lmaydi, lekin agar biz buni qilishimiz kerak bo'lsa, biz bunga tayyormiz. Hozir nima bo'lishini bilmayman - voqealar rivojini kuzatamiz. Biz Volkovni Londonga ertaroq kelishi uchun harakat qildik, lekin u buni xohlamadi. Agar u mamlakatga kira olmasa, Tom boshqa raqib bilan jang qiladi. Biz unga yangi raqib topamiz", - deya takidlagan UFC rahbari.
Avvalroq, britaniyalik jangchi Tom Aspinall tashkilot u bilan raqibi o'zgarishi mumkinligi haqida xabarlashganini aytgan edi.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar