05 mar 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Vudli Usmandan revansh talab qilmoqda
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli Kamara Usmanga qarshi revansh jangida oktagonga chiqmoqchi.
Yakshanba kuni Vudli Usmanga imkoniyatni boy berish barobarida chempionlik kamarini ham raqibiga topshirgandi.
“Usmanga hurmatimni saqlagan holda undan revansh talab qilaman. Men bunga loyiqman. SHu kungacha chempionlik kamarini besh marotaba himoya qildim. Bu bilan UFC nufuzi uchun ham ozmi-ko'pmi xissamni qo'shdim. Tashkilot buni inobatga oladi, degan umiddaman”, - dedi endilikda sobiq UFC chempioni Vudli.
Havola :
Fikrlar