21 fev 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Xabib Sen-Perni jangga chorladi
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov o'zi bilan jang qilmay, MMAdan ketmasligini so'radi.
"Kel, noyabrda jang o'tkazamiz. SHundan so'ng sen ketishing mumkin. Men sening janglaringni tomosha qilib katta bo'lganman. Senga nisbatan hurmatdan tashqari xech narsa yo'q. Barcha davrlarning eng yaxshi MMAchisi bilan oktagonga chiqish men uchun faxr bo'lardi. Buni engil vazn toifasida amalga oshriramiz yoki men besh funtga ko'tarilishim mumkin (72,6 kg).
Tanlov sening qo'lingda - 155 yoki 160 fent? Monreal, Nyu-York, Moskva yoki Abu-Dabi. Menga manzilni jo'nat do'stim", - deb xabar qoldirdi Xabib.
Eslatib o'tamiz, bungacha Sen-Per matbuot anjumani tashkil qilishi va unda faoliyatini yakunlashi haqida xabar qilingandi.
Havola :
Fikrlar