09 dek 17:08
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC. Xollouey va Ortegaga qo'shimcha pul berildi
Kanadaning Toronto shahrida UFC 231 turniri bo'lib o'tdi.
Janglar yakunlangach, ananaga ko'ra promoushen rahbariyati eng yaxshi jangda ishtirok etgan sportchilarga qo'shimcha bonus pullarini beradi.
Bu safargi turnirda eng yaxshi jang markaziy to'qnashuvda kuzatildi.
Maks Xollouey va Brayan Ortega ishtirokidagi bahs eng yaxshi deb topildi va sportchilar qo'shimcha 50 ming AQSH dollaridan mukofot puli oladilar.
Eslatib o'tamiz, jangda Xollouey raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi va o'z kamarini himoya qildi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar