13 dek 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC yana bir superjangni elon qildi
Nigeriyalik UFC jangchisi Kamaru Usman chempionlik kamari uchun oktagonga chiqish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Usmanning raqibi yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Tayron Vudli bo'ladi. Tomonlar ushbu chempionlik jangi shartnomasiga imzo chekishdi. Kamaru o'zining Tvitter sahifasiga shartnoma hujjatini joylashtirdi.
“Afrikadan ilk UFC chempioni chiqadigan fursat etib keldi va bu oxirgisi bo'lmaydi, - deya xabar qoldirgan Usman.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman 1 dekabr kuni Rafael Dos Anosni mag'lubiyatga uchratib, reytingda ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan edi.
Havola :
Fikrlar