17 dek 07:32
Yangiliklar
UFC yarim o'rta vazn reytingida bu yil umuman jang o'tkazmagan Rahmonov ko'tarildi
Xususan, yarim o'rta vazn toifasi reytingida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi SHavkat Rahmonov bir pog'onaga yuqorilab, 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
2025 yil hisobidan bitta ham jang o'tkazmagan Rahmonov Ian Machado Garri bilan o'rin almashib oldi. Machado uchinchi o'ringa tushdi. SHavkat 2024 yilning 8 dekabr kuni aynan Machadoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Ulardan yuqoriroqda faqat ushbu vaznning sobiq chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalena bor. Vazn chempioni Islam Maxachev.
Yarim o'rta vazn toifasi reytingining Top-15`taligida yana bitta o'zgarish ro'y bergan. Unda Jeff Nil va Kolbi Kovington o'zaro o'rinlarini almashib olishgan. Qolgan jangchilar 2025 yilni o'zgarishsiz, o'z o'rinlarida yakunlaydigan bo'lishdi.

Fikrlar