30 mar 10:10
Yangiliklar

UFC yulduzi raqibiga hujum qilgani uchun 15 yilgacha qamalishi mumkin. Masvidal Kovingtonning tishini sindirdi, Xabib esa jinoyatni qo'llab-quvvatladi
Bir necha kundirki, UFC`dagi janjal susaygani yo'q: yarimo'rta vaznning yulduzli jangchisi Xorxe Masvidal so'nggi jangidagi raqibi Kolbi Kovingtonni restoranning kirish qismida do'stlari bilan birga kaltakladi. Masvidalning ikki zarbasi sobiq jamoadoshining tishi sinishi uchun etarli bo'ldi. Buning natijasida Xorxe 15 yilgacha qamalishi mumkin.
Masvidal allaqachon qo'lga olingan, lekin aybni inkor etmoqda — Xorxe jangdan avvalgi treshtok uchun Kovingtonga saboq berganiga ishonadi. Mart oyi boshida UFC 272 turniri matbuot anjumanida Kolbi nafaqat Xorxeni kamsitdi, balki jangda ham raqibiga imkon qoldirmagan holda g'alaba qozondi. Endilikda Masvidalning hayoti ham sobiq do'stining qo'lida — agar Kolbi unga qarshi guvohlik bersa, u haqiqatda hibsga olinadi.
Ziddiyat qanday yuzaga keldi?
Ziddiyat xronologiyasini esga oladigan bo'lsak, Kovington va Masvidal jang olib borgan UFC 272 turniriga, mart oyi boshiga qaytishimiz kerak bo'ladi. Bu qarama-qarshilik sobiq do'stlar jangi deb ataldi, sababi Kolbi va Xorxe UFC`ni birgalikda zabt etishgan. Ular bitta zalda mashg'ulot olib borshgan, bir uyda kun kechirishgan va bir-birini aka-uka deb chaqirgan.
Ammo, do'stlik tugadi. Xorxe bunda Kolbini ayblaydi — sababi Kovington 2018 yilda Rafael Dos Anosni mag'lubiyatga uchratganidan so'ng, Masvidal bilan gonorarni bo'lishmaydi. Kolbi esa Masvidal shunchaki uning UFC oqshomidagi muvaffaqiyatiga hasad qilganini aytgan (jang arafasida Kovingtonning faoliyati Xorxega qaraganda yanada muvaffaqiyatliroq edi).
Jangchilar bir necha yildan buyon adovatda edi, hammasi shu yilning mart oyida oktagonda hal bo'ldi. Jangda Kovington yaqqol favorit bo'ldi — u Masvidalga qaraganda ancha universal jangchi, qo'shimchasiga u yaxshi kurash tushadi. Bu jangda ham o'z tasdig'ini topdi: Kovington Masvidaldan faqatgina parterda emas, balki stoykada ham ustun keldi. Masvidalning hisobida faqat to'rtinchi raunddagi birgina epizod bor edi, o'shanda u Kolbini nokdaunga uchrata olmagan edi.
Jangning qolgan paytida Kovington Masvidalga imkoniyat qoldirmadi, sobiq do'stini haqorat qilgan tarzda mag'lub etdi. Jangdan oldin sobiq do'stlar jiddiy tarzda treshtokka kirishishgandi, Kolbi Xorxeni yomon ota ekanligini, farzandlariga yordam bermasligini aytgandi:
"Munosabatimizdan hech qanday ijobiy natijaga erisha olmayman. Xorxe — ahmoq. U o'z ayolini soliqlar bilan aldaydi, farzandlari bilan muloqot qilmaydi, odamlardan foydalanadi".
Kovingtonning so'zlari haqiqatmi yoki yo'q — bu ritorik savol. Sababi, Kolbi treshtokni "bezashni" yoqtiradi. Biroq, jangchi Masvidalning rafiqasi bilan tanish, ehtimol, vaziyatni ichkaridan biladi. Xorxe bu so'zlardan xafa bo'ldi, mag'lubiyatni qabul qilmagan jangchi revansh olish ilinjida.
Masvidal tushunib turibdi: uni yoqtirmaydi, sababi Kovington matbuot anjumanida uning bolalarini tilga oldi. Lekin bu g'alati, chunki Kolbi Masvidalning qarindoshlarini Usmanniki singari troll qilmadi, u nigeriyalik jangchining otasini jinoyatchi, firibgar deya haqorat qilgan (Kamaruning otasi chindan ham firibgarlik uchun amerika qamoqxonasida "o'tirib chiqqan"). Masvidalni mag'lub etganidan so'ng Kovington engil vazndagi Dastin Porega jiddiy gap tashladi:
"Dastinning qizi qandaydir sababga ko'ra irlandcha talaffuzga ega. Pore otalik testini topshirmaydi deb umid qilaman. Ha, ha, Konor uning otasi".
Kolbi Masvidalga ham hatto bunchalik qo'pol gapirmagan edi — u shunchaki tomoshabinlar uchun o'ynadi, Xorxeni g'azablantirdi. Kovington ko'pincha jang qilish uchun halokat yoqasidagi treshtokdan foydalanadi. Amerikalik jangchi tomoshabinlarga shou ko'rsatdi, va bu unga faoliyatini saqlab qolishga yordam berdi (bir safar UFC uni zerikarli usul uchun ketkazmoqchi bo'lgan). SHunday ekan, Kovingtonning og'riqli treshtoki — zaruriy chora. Garchi, bazida Kolbi oshirib yuborayotga o'xshaydi, hamkasblari u uchun scenariylar yozilayotganiga ishonishadi.
Masvidalni nima uchun hibsga olishmoqchi?
24 mart kuni Kovingtonnning bir do'sti ijtimoiy tarmoqlarga Kolbi bilan tushgan suratini joylaydi, Xorxe esa buni ko'rib qoladi va sobiq do'sti bilan oktagon tashqarisida hisoblashish maqsadida o'sha erga boradi. Tergov malumotlariga ko'ra, Xorxe niqob, bosh kiyim kiygan holda restoranning kirish qismida Kovingtonga hujum qilgan. Ikki zarba bilan Masvidal Kovingtonning tishini urib sindirgan, ko'ziga ham zarba bergan va bundan tashqari, to'qson ming dollarlik Rolex soatiga shikast etkazgan. Kolbi soatga o'n besh ming dollar miqdorda zarar etgani haqida policiyaga xabar bergan.
Jinoyatdan so'ng 48 soat davomida Masvidal qo'lga olindi va unga ayblovlar elon qilindi. Endilikda jangchi qilmishi uchun 15 yilgacha qamalishi yoki o'n ming dollar miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Masvidalning hujumni rejalashtirgani vaziyatni og'irlashtirishi mumkin.
Hozir ko'p narsa Kovingtonga bog'liq — u Masvidalga qarshi guvohlik berishi mumkin. Garchi Kolbi jinoyat sodir etilgan joydayoq policiyaga shikoyat qilgan bo'lsa-da, uning keyingi qadami muhimroq. Masvidalning 15 yilga "kesilishi" dargumon, biroq u chindan ham qamoqqa olinishi mumkin.
Jangchilarning bu voqeaga reakciyasi bahsli bo'ldi: kimdirlar Masvidal harakakatini qoralagan bo'lsa, yana kimdir esa uni qo'llab-quvvatladi. Masvidalni qo'llab-quvvatlagan insonlardan biri Xabibdir. Nurmagomedov Kolbi Xorxega qarshi guvohlik bersa, yarimo'rta vazn jangchilarini unga qarshi boykot elon qilishga chaqirdi.
"Agar oktagonda kimdandir kuchli bo'lsangiz, bu siz uning bolalarini haqorat qilishingiz mumkin degani emas. Birovning oilasini haqorat qilishga hech kimning haqqi yo'q. Agar bu yo'ldan yurishga qaror qilsangiz, gapirgan gapingizga javob berishga tayyor turishingiz kerak bo'ladi. Sizga o'zingiz bilan teng professional jangchi hujum qildi va siz unga qarshi ayblovlar qo'yish uchun policiyaga borasiz, shundaymi?
Yarimo'rta vazndagilarning bari Kolbi bilan jangni rad etishlari kerak deb o'ylayman. SHunchaki, u bilan jangga rozi bo'lmang! U jangsiz qolsin. Bu ehtimol unga va oilani haqorat qiladigan barcha jangchilarga sezilarli tasir qilar. U bilan shug'ullanish uchun uni restorandan izlash kerak", - deb yozgan Xabib.
SHuningdek, Masvidalning o'zi ham ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi: "Hammaga xayrli tong, birovlarning farzandlari haqida gapirishni o'ylaydiganlar bundan mustasno".
Biroq Masvidal ayyorlik qilyapti — Kovington uning farzandlarini haqorat qilmadi, aksincha Xorxening o'zini qoraladi — yani uni yomon ota ekanligini aytdi. Agar Kolbiga Pore yoki Usman hujum qilganida mantiqqa yaqinroq bo'lardi, sababi jangchi ularning qarindoshlari haqida qattiqroq gapirgandi. Masvidal, ehtimol, mag'rurligi tufayli shu ishni qilgandir — Kolbi uni nafaqat jangdan avval, balki jangda ham enggan edi. Bunday ishdan so'ng, odatda sportchilar yana mashg'ulot qilishadi va revansh olishadi. Xorxe esa ko'chada hujum uyushtirib, jinoyat sodir etdi.
Jinoyatga jangchilar qanday munosabat bildirishdi?
Masvidal ayyorlik qilganini uning sobiq raqibi Ben Askren ham takidlamoqda. Xorxe uni 5 sekund ichida nokaut qilgandi.
"Tasavvur qiling, sizda kimdirning yuziga urishni xohlasangiz 25 daqiqa vaqtingiz bor. Lekin hech narsa yordam bermasa, siz uni restoran tashqarisida yashirincha urasiz. Xorxe mening oilam haqida ham gapirgan, shunday ekan u ikkiyuzlamachi ahmoq", - deb yozgan Askren ijtimoiy tarmoqlarda (jangdan avval Masvidal Benning nasl-nasabini buzishga vada bergan edi, garchi uning uch nafar farzandi bo'lsa-da).
Endi Kovington Masvidalning hibsga olinishi uchun policiyaga guvohlik beradimi, degan savol tug'iladi. Bazilar bu Kolbi uchun sharmandalik bo'lishini aytmoqda, sababi jangchi muammoni o'zi hal qilishi kerak. Bunday odamlar yozilmagan qoidalarga ko'ra erkak kishi policiyaga murajaat qilmasligi kerak deb hisoblaydi. Lekin bu kodeks, ehtimol, insonga hujum qilish mumkin deganidir?!
Kovington do'stlari bilan restoranda dam olayotganida, hujumni kutmagan. Dastlabki malumotlarga ko'ra, Xorxe unga birdaniga zarba yo'llagan, Kolbida javob qaytarishga imkon bo'lmagan. Hech qanday suhbat bo'lmagan — Masvidal yuziga niqob kiygan holda hujum qilgan, so'ng voqea joyidan qochib ketgan. UFC sobiq chempioni Genri Sexudo Kovingtonning Masvidalga qarshi guvohlik berishini to'g'ri deb hisoblaydi.
"Kolbining o'rnida bo'lganimda... Senga nisbatan ayyorlik qilishsa, policiyaga aytmaslik qiyin. Agar kimdir menga ayyorlik qilganida, men policiyaga shikoyat qilardim. Men chindan ham shikoyat qilgan bo'lardim. Sening kimliging menga qiziq emas. CHunki ayyorlik qilish — yaxshi ish emas", - deb aytib o'tgan Sexudo.
Kovingtonni yana bir qancha jangchilar qo'llab-quvvatlayapti. Kamaru Usman Masvidalning ishi noto'g'riligini, engil vaznli Jared Gordon esa bu holatdan g'azablanganini aytdi.
"U niqobli va bosh kiyimli holatda Kolbini ayyorlik bilan urdimi? Kolbi Xorxeni qasddan ayblaydi va uni sudga beradi. U haqiqatdan ham oxirgi bo'lib kuldi. Kolbi uni ayblamagan taqdirda ham shtat Xorxening ishini ko'rib chiqadi", - deya takidlagan jangchi.
Kovington hozircha sukut saqlayotgan bo'lsa-da, u tergov bo'yicha hamkorlikda ish yuritishi mumkin. Sababi jangchi policiyaga o'zi qo'ng'iroq qilib, jinoyat holatlari haqida xabar bergan. Kovington bir necha bor policiya ishini qo'llab-quvvatlagan, shunday ekan Masvidalni jiddiy muammolar kutib turgan bo'lishi mumkin.
sports.ru sayti asosida Diyor Mavlonov tayyorladi
Fikrlar
Oʻrnida Masvidal bolganida qarab turmaddi.