02 jan 12:21
Yangiliklar
Boks/MMA

UFCda diskvalifikaciyaga uchragan sportchi Rossiyada jang o'tkazishi mumkin
UFCning og'ir vazndagi sobiq chempioni Fabrisiu Verdum Rossiyada oktagonga chiqishi mumkin.
Bu haqida menejer Ali Abdel-Aziz aytib o'tdi.
"Verdumning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan Rossiyada o'tkazilishi mumkin. USADA o'z ishlari bilan shug'ullanaversin. Fabrisiuning oilasi, farzandlari bor. USADA barbod bo'lgan tizimdir.
U ayni paytda 41 yoshda va diskvalifikaciya muddati yakunlanganda 43 da bo'ladi. Verdum navbatdagi jangini Rossiyada o'tkazsa maqsadga muvofiq bo'ladi", - dedi Abdel-Aziz.
Qayd etish lozimki, rus promoushenlarida doping-testlar o'tkazilmaydi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar