23 jan 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC'ning sobiq chempioni cho'kayotgan o'smirni qutqarib qoldi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Fabrisio Verdum qahramonlik ko'rsatdi.
Verdum Kaliforniya sohilida xordiq chiqarayotganda “Yordam bering” deb baqirayotgan ikki o'smirni ko'rib qoladi. Bu orada qutqaruvchi ham etib kelgan. Lekin cho'kayotganlar ikki kishi bo'lgani uchun Fabrisio yordamga oshiqqan.
“Rafiqam Karin bu harakatim xavfli ekanligini aytdi. Lekin o'z so'zimda turib oldim. Ikki voyaga etmagandan qirg'oqdan taxminan 70 metr uzoqlikda edi. Qutqaruvchi qizni, men esa o'smirni sohilga eson-omon olib chiqdik”, - dedi sobiq UFC chempioni.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar