12 iyu 22:46
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Iga Svyontek finalda katta ustunlik evaziga g'alaba qozondi va chempion bo'ldi
Uimbldon turnirining ayollar o'rtasidagi bahslari o'z yakuniga etdi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontek finalda amerikalik Amanda Anasimovaga qarshi kortga chiqdi.
57 daqiqa davom etgan o'yinda Svyontek 6:0, 6:0 hisoblarida g'alaba qozondi va chempionlikni qo'lga kiritdi.
Ushbu g'alaba orqali Iga 2000 reyting ochkosi va 3 million funtga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar