30 iyu 17:53
Yangiliklar
Tennis
Uimbldon. Kamilla Rahimova musobaqani g'alaba bilan boshladi
Britaniyada tennis bo'yicha nufuzli "Uimbldon" turniri start oldi.
Ushbu turnir doirasida O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ilk bosqichda ukrainalik Angelina Kalininaga qarshi bahs olib bordi.
2 soat 46 daqiqa davom etgan o'yinda Kamilla 4:6, 6:4, 7:5 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi. Bu tennischilarning o'zaro uchinchi o'yini hisoblanadi. Bungacha o'tkazilgan ikki uchrashuvda Kalininaning qo'li baland kelgandi.
Taqqoslash uchun, Rahimova ayni paytda dunyoning 70, Kalinina esa 66-raketkasi bo'lib turibdi. Endi tennischimiz ikkinchi bosqichda dunyoning 43-raketkasi, greciyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar