So’nggi yangiliklar

12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0 06:39Ўнта финиш қайд этилган UFC Fight Night 285 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 20:20Монтеррейда ўзбек теннис дербисига гувоҳ бўламиз! 0

26 iyu 16:56
Yangiliklar

Tennis

Uimbldon turnirining asosiy to'r bahslariga qura tashlandi

O'zbek tennisi tarixida bir yo'la uch nafar vakilamiz Uimbldon turnirining asosiy to'rida yurtimiz sharafini himoya qiladi va biroz avval ular ilk davradagi raqibalarini bilib olishdi.

London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 86 million dollarni tashkil etuvchi Uimbldon turnirining saralash bahslari yakunlanib, asosiy to'rga yo'llanma olgan barcha 128 tennischi malum bo'ldi.

Biroz avval musobaqaning asosiy to'riga qura tashlandi. O'zbekistonning ikkinchi hamda uchinchi raketkalari Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova saralash bosqichida uch nafardan raqibalarini engib, asosiy to'rga chiqqan bo'lsa, birinchi raqamli tennischimiz Kamilla Rahimova reytingdagi o'rni bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri asosiy turnirda ishtirok etadi. 

Qura natijasiga ko'ra, Kamilla Rahimova 1/64 finalda ukrainalik Angelina Kalininaga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. Rahimova ayni paytda dunyoning 65, Kalinina esa 70-raketkasi bo'lib turibdi. Ushbu bahs 29 iyun kuni bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanishi belgilangan. 

Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva birinchi davrada braziliyalik Beatris Xaddad Mayyaga qarshi bahs olib boradi. Mariya WTA reytingida 92, Beatris 117-o'rindan joy olgan. Ushbu uchrashuv ham 29 iyun kuni soat 15:00da boshlanadi. 

Hozirda WTA reytingida 116-pog'onada borayotgan mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova esa 1/64 finalda dunyoning 42-raketkasi, rossiyalik Lyudmila Samsonova bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing