04 may 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Uittaker keyingi jangini hamyurtimizning sobiq raqibiga qarshi o'tkazishi mumkin
Jang 12 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahri mezbonlik qiladigan UFC 329 turniri doirasida o'tkazilishiga yaqin.
"Vestnik MMA" nashri xabariga ko'ra, Nikita Krilov va Robert Uittaker o'rtasida yarim og'ir vazn toifasidagi jang tashkil etilish arafasida.
Krilov (31-11) oxirgi jangini yanvar oyida Modestas Bukauskasga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan. U o'tgan yil iyul oyida hamyurtimiz Bogdan Guskov bilan to'qnash kelib, birinchi raundda nokautga uchragan edi.
Uittaker (26-9) esa iyul oyida Rene de Ridderga yutqazgan edi.

Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar