So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

13 okt 15:46
Yangiliklar

Kurash

Ukrainada belbog'li kurash bo'yicha ilk Evropa chempionati o'tkazildi + FOTO

Ukrainaning Lvov shahrida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida Evropa chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur qo'hna qita chempionatida 100 nafarga yaqin polvonlar 65, +65, 90, +90 kg. vazn toifalarida bellashishdi. Musobaqada hamyurtimiz, xalqaro toifadagi hakam Nematulla To'ychiev bosh hakam vazifasida ishladi. Yuqori saviyada o'tkazilgan Evropa chempionatida hakamlar belbog'li kurashda qo'llaniladigan atamalarni sof o'zbek tilida talqin etishdi.    

Evropa chempionatining yakuniy natajalariga ko'ra, umumjamoa hisobida polshalik sportchilar birinchi, mezbonlar ikkkinchi, litvalik polvonlar esa uchinchi o'rinni band etishdi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Takidlash joiz, ushbu chempionat xalqaro belbog'li kurash associaciyasining ko'magi ostida o'tkazildi. Mazkur associaciya joriy yilning 27 sentyabr sanasida Litva davlatining Vilnyus shahrida rasman Evropa Ittifoqidan ro'yxat o'tkazilgan. Demak, bu jarayon o'z o'zidan milliy belbog'li kurashimizning er kurrasi bo'ylab yana ham keng ommalashayotganidan darak beradi.

SHuningdek, Evropa chempionati doirasida Ukrainaning Lvov shahrida ukraincha belbog'li kurashi bo'yicha ham jahon chempionati bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada to'rt nafar polvonlarimiz ham munosib ishtirok etishdi.

O'n olti davlatdan 200 nafarga yaqin atletlar ishtirok etgan ushbu jahon chempionatining klassik va erkin yo'nalishlarida gilamga chiqqan +90 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz Rustam Umarov (Namangan v.) oltin medal, 90 kg.da Muzaffar Soibboev (Namangan v.), +90kg.da Latifjon Badalov (Namangan v.) hamda +65 kg.da Sahobat SHeralieva (Farg'ona v.)lar  bronza medallariga ega chiqishdi.

Evropa chemionati va ukraincha belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati hamyurtlarimiz - xalqaro belbog'li kurash associaciyasi rahbariyati sanalgan Aziz G'aniev, Mo'min Muratov hamda  O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlarning bevosita rahbarligi ostida o'tdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing