31 jan 15:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Ukrainalik “Tayson” bir yilga chetlatildi va gonorarlaridan mahrum qilindi
Xabaringiz bor, 25 yanvar kuni Denni Garsiya Ivan Redkachga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini mag'lub etishni uddalagandi.
O'sha jangda ukrainalik bokschi raqibini tishlab olishga harakat qildi. Bugun tartib intizom qo'mitasi Redkachni boksdan bir yilga chetlatdi va 10 ming dollar jarima belgiladi.
SHuningdek, Ivan jang gonorarlaridan olishi kerak bo'lgan pullarga ham ega bo'lmaydi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar