26 iyu 09:36
Yangiliklar
Dzyudo

Ulan-Bator “Katta Dubulg'a”. Bugun Davlat Bobonov va Bekmurod Oltiboevdan medal kutamiz
Bugun Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga etadi.
So'nggi kun og'ir vazn toifasi vakillari medallar uchun bahslarga kirishadilar. Ular orasida ikki dzyudochimiz ham bor. Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov o'z ishtirokini ikkinchi davradan boshlaydi. +100 kg vazndagi polvonimiz Bekmurod Oltiboev ilk bosqichda BAA vakili Magomedomar Magomedomarovga qashi tatamiga chiqadi.
-90 kg: Davlat Bobonov – Munxbayar Battogtox (Mo'g'uliston) / Nasimjon Amirjoni (Tojikiston)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Magomedomar Magomedomarov (BAA)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar