26 iyu 11:23
Yangiliklar
Dzyudo

Ulan-Bator “Katta Dubulg'a”. Davlat Bobonov 1/2 finalda!
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Hozirgina Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov o'zining ikkinchi uchrashuvini ham g'alaba bilan yakunladi. -90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz 1/4 finalda IJF bayrog'i osyida kurashayotgan rossiyalik Mansur Lorsanovni qo'shimcha daqiqalarda bajarilgan vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi va 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.
Afsuski, +100 kg vazndagi polvonimiz Bekmurod Oltiboev ilk bosqichda BAA vakili Magomedomar Magomedomarovga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar