13 avg 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

“Ular bizga 3 million taklif qilishgandi, endi esa...“
Engil vazn toifasida IBF kamari sohibi Teofimo Lopesning otasi va murabbiyi katta-Teofimo Lopes o'g'lining Vasiliy Lomachenkoga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
“Biz 30 may kuni ringga chiqishimiz kerak edi va buning uchun ular 3 million dollar taklif qilishgandi. Hozir pandemiyadan so'ng esa ular atigi bir million taklif qilishdi. Nega biz endi ikki million dollar zarar ko'rishimiz kerak? Hozircha muzokaralar davom etmoqda, lekin o'g'lim jang bo'lishini malum qildi. Hozir bitta muammo bor, bu Vasiliyga katta miqdorda gonorar berishayotgani”,-dedi chempionning otasi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar