So’nggi yangiliklar

14:23Рамазон Темиров кейинги жангини қайси ойда ўтказиши мумкинлигини айтди 0 13:55«Формула-1» Баҳрайн Гран-приси мезбонлигини Малайзияга кўчирди 0 13:28Богдан Гусковнинг қиёфадоши АҚШда учта жиноят моддаси бўйича ҳибсга олинди 0 12:57Моуриньонинг асосий вазифаси маълум бўлди 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси “CAVA Beach Volleyball Championship” турнири ғолиби 0 11:54Svijany Open. Султоновнинг рейтингда ўзидан 213 поғона юқоридаги рақибга қарши баҳси бир сет давом этди 0 11:28Ўзбекистон - АҚШ тарихий матчи минимал устунлик билан якунланди. Накамура, Аронян, Каруана, Со сингари жаҳон юлдузлари бир неча бор мағлуб этилди 0 11:04Флик "Барселона" учун янги трансфер бўйича қарор қабул қилди 0 10:25Абдулазиз Холмирзаев Бокуда ўтказилаётган спорт курашлари бўйича U17 жаҳон чемпионатида дастлабки медалимизни келтирди 0 09:49Mubadala DC Open. Кудерметова дунёнинг 40-ракеткасини мағлуб этди 0 09:21Шара Буллет Нурсултон Рўзибоев ўрнига Пейж билан жанг қилишга тайёр 0 08:53Европа ассоциациялари ФИФАга бойкот эълон қилиши мумкин 0 08:18Ярим оғир вазнда ҳам UFC рейтинги янгилади: Богдан Гусков Топ-10`даги ўрнини сақлаб қолдими? 0 21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0

29 iyu 14:48
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi - Elshod Rasulov!

Olamsport.com sayti shu yilning avgust oyida Braziliyada o'tkaziladigan 31-Yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishni davom ettiradi.

Bugungi qahramonimiz boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining eng tajribali vakili Elshod Rasulov.

Elshod Rasulov – 1986 yilning 7 mart kuni Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida dunyoga kelgan. Qiziq holat shundaki, boksdan avval professional tarzda qilichbozlik sport turi bilan shug'ullangan. Lekin vaqt o'tishi bilan boksga bo'lgan mehr ustunlik qildi. Boksdagi ilk murabbiyi Nabijon Boymatov. Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olgan. Bu erda u boks sir-asrorlarini O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Mansur Muhammedovdan olgan. Aynan kollejdagi tahsil jarayonida u avvaliga o'smirlar, keyin yoshlar terma jamoasiga taklif etilgan.



Ilk katta yutug'iga 2004 yili erishgan. O'sha yili u yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritgan. 2006 yili harbiylar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida tengsiz bokschi deb topilgan. 2007 yilda Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ik bor ishtirok etdi. 75 kg vazn toifasida ringga chiqqan Rasulov shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Oradan ikki yil o'tib, Xitoyning CHjuxay shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida Elshod yana bir bor qitaning tengsiz bokschisi ekanligini isbotladi.



Elshod Rasulov ikki karra Osiyo o'yinlari sovrindori hisoblanadi. 2006 yili Qatar poytaxti Doha, 2010 yilda Xitoyning Gunchjou shahrida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida oltin medalgi qo'lga kiritgan. CHarm qo'lqop ustamiz uch karra jahon chempionatlari sovrindori bo'lgan. 2009 yili Italiyaning Milan shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida kumush medal bilan taqdirlangan. 2011 va 2015 yillarda esa mos ravishda Ozarbayjonning Boku hamda Qatarning Doha shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida bronza medalga sazovor bo'lgan.


Elshod London-2012 o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori sifatida

Sportda erishayotgan yutuqlari, Vatanimiz dovrug'ini yanada taratishga qo'shgan hissasi, mamlakatimiz yoshlariga ibrat bo'layotgani uchun Elshod Rasulov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. SHuningdek, unga “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” unvoni ham berilgan. Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasini yaqinda Xitoyda o'tkazilgan turnirda qo'lga kiritgan. Braziliyadagi Olimpiada Elshod Rasulov uchun to'rt yillikning uchinchi eng nufuzli musobaqasi bo'ladi. U 2008 yili Pekin, 2012 yili Londonda bo'lib o'tgan Yozgi olimpiya o'yinlarida ham ishtirok etgan. Ayni kunlarda Rasulov terma jamoamiz tarkibida XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.


Kamoliddin Alimov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing