So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

12 iyu 08:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Ular Olimpiadaga borishadi – SHahram G'iyosov!

Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanma olgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz.

Bugungi qahramonimiz boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi azosi, xalqaro toifadagi sport ustasi SHahram G'iyosov.


SHahram G'iyosov – 1993 yilning 7 iyul kuni Buxoro shahrida dunyoga kelgan. 10 yoshidan boks bilan shug'ullanishni boshlagan. 2003 yili Buxoro shahridagi Bolalar va o'smirlar sport maktabining boks bo'limiga qabul qilingan. Ilk murabbiyi Olim Muhammedov. Bu mutaxassis ikki karra jahon chempioni Abbos Atoevning murabbiyi ham hisoblanadi. Malumot uchun, Atoev bokschilik faoliyatini yakunlab, bugungi kunda Buxoroda murabbiylik faoliyatini olib boryapti.

SHahram G'iyosov besh yildan beri murabbiy Ravshan Xo'jaev qo'l ostida mashg'ulotlarni o'tkazib kelyapti. O'smirlar va yoshlar ishtirokidagi musobaqalarda aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritgan SHahram 2012 yildan kattalar o'rtasidagi turnirlarda qatnashib kelyapti. Aynan o'sha yili ilk marotaba xalqaro turnirda ishtirok etdi. Simferopol shahrida o'tkazilgan xalqaro musobaqada sahifamiz qahramoni chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Eng muhimi, u ushbu xalqaro turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

SHahram G'iyosov 2015 yildan o'zi uchun yangi vazn toifasiga o'tdi. Bunga qadar 64 kg vazn toifasida ringga ko'tarilib kelgan buxorolik bokschi endi 69 kg vaznda o'z imkoniyatini sinab ko'rishga ahd qildi. Bu esa unga omad keltirdi. Mamlakat chempionatida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu bilan u kattalar terma jamoasiga qabul qilindi va eng muhimi murabbiylarning ishonchini oqladi.

SHahram G'iyosov Rio Olimpiadasiga yo'llanmani shu yili Xitoyda o'tkazilgan licenzion Osiyo-Okeaniya chempionatida qo'lga kiritdi. -69 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan bokschimiz barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. U final jangida tailandlik bokschi Saylom Ardini taslim etib, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo'llanmani naqd qildi.

- Orzuim – 31-Yozgi olimpiya o'yinlari g'olibi bo'lish, - deydi SHahram G'iyosov.

Biz olimpiadada ishtirok etuvchi barcha sportchilarimiz qatori Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi SHahram G'iyosovga ham chin manoda zafar yor bo'lishini, Braziliyadan yorug' yuz bilan qaytib kelishini tilaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
17 avg 17:42:28
КОНЪСУЛ
Орзуинга етгин Шахрам илойим
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing