04 iyu 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ularni Amerikada jang qilishga ko'ndirish oson ish emas!"
Superog'ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO kamari sohibi Endi Ruis sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi revansh jangi haqida fikr bildirdi.
"Muzokaralar davom etmoqda. Hozir qaerda jang bo'lishini kelishib olishimiz kerak. Bizda AQSH va Buyuk Britaniya varianti bor. Aniq aytaman, ular jangni Amerikada tashkillashtirmoqchi emas. Boshqa tomondan ularni bu erda jang qilishga ko'ndirish juda qiyin bo'ladi.
Revansh jangiga o'tgan bahsdan ham yaxshiroq tayyorlanmoqchiman. Men kamarlarimni yo'qotishini xohlamayman. Joshua ham o'tgan safargidek jang qilmasa kerak. Lekin unga yana turli usullarda hujum qilib, ko'plab zarba bermoqchiman", - dedi meksikalik chempion.
Havola :
Fikrlar