26 iyu 17:12
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ulug'bek Rashidov - ikki karra Osiyo chempioni!
Iordaniyada sport kurashlari bo'yicha o'tayotgan Osiyo chempionatida U17 yosh toifasidagi bahslar o'z yakuniga etdi.
Ortda qolgan kun O'zbekiston terma jamoasi hisobiga 1 tadan oltin va kumush medallari yozib qo'yildi. Mahoratli erkin kurashchimiz Ulug'bek Rashidov -48 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritib, ikki karra qita chempionligiga erishdi.
SHuningdek, Jo'rabek Rahmonov -45 kg vaznda kumush medal bilan taqdirlandi.
Oltin medal:
-48 kg: Ulug'bek Rashidov
Kumush medal:
-45 kg: Jo'rabek Rahmonov
SHu tariqa, yosh erkin kurashchilarimiz musobaqani 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertadan U23 yosh toifasidagi bahslar boshlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar