13 iyu 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Umar Kremlyov: "Bivolga trilogiya uchun ikki barobar ko'p pul taklif qildik, lekin..."
Xalqaro boks associaciyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov yarim og'ir vazn toifasida jahon chempioni Dmitriy Bivol Artur Beterbievga qarshi uchinchi jangni o'tkazishni istamayotganini malum qildi.
"Men juda xafaman. Bu jangni hamma kutyapti. Nima uchun Bivol va uning jamoasi taklifni qabul qilmayapti, bilmayman. Men bu jang tashkil qilinishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilyapman. Ikkala jamoa bilan ham uzoq vaqtdan beri muzokara olib boryapmiz. Beterbiev va uning jamoasi jangga tayyor ekanini tasdiqlay olaman.
Biz Bivolga taklif qilgan mablag' avvalgi ikki jangdagidan ancha yuqori. Unga avvalgi janglarga nisbatan ikki barobar ko'proq gonorar taklif qilindi. Beterbiev esa bu jang uchun hatto bepul ham ringga chiqishga tayyor", — dedi Kremlyov The Ring nashriga.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar