08 may 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Kremlyov boshchiligidagi IBA endi qo'lqopsiz janglarni tashkil etadi
Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov va qo'lqopsiz janglarning taniqli promouteri Alfredo Auditore ushbu turdagi janglar bo'yicha yangi Liga tashkil etilganini elon qildi.
Bu haqda Kremlyov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Umar Kremlyov: "Men sizga yaxshi xabar aytaman. Biz IBA Bare Knuckle loyihasini — yangi sport intizomini ishga tushirmoqdamiz. IBA qo'lqopsiz janglar bo'yicha turnirlar uchun joy yaratmoqda", dedi.
Alfredo esa: "Ha, bu eng ulug'vor turnirlar bo'ladi. Eng kattasi deganda men shuni nazarda tutyapmanki, biz sanoatda bo'lgan eng katta janglarni, boshqalar qila olmaydigan janglarni o'tkazamiz", deya Ligani anons qildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar