24 mar 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Umar Nurmagomedov: "Antidoping borligidan xursandman, aks holda Mendeleev jadvali bilan kurashardik" (+FOTO)
O'ta engil vaznda UFC chempionligi uchun sobiq davogar Umar Nurmagomedov Amerika promoushenidagi antidoping nazorati tizimi haqida gapirdi.
"Antidoping borligidan juda xursandman. Raqibdan tashqari Mendeleev jadvali bilan ham jang qilishga to'g'ri kelmaydi. Aks holda jadvaldagi barcha moddalar bilan jang qilishga to'g'ri kelar edi", - deb yozdi Nurmagomedov X tarmog'idagi sahifasida.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi so'nggi bor oktagonga shu yilning yanvar oyida UFC 324 turnirida chiqqan va hakamlarning yakdil qarori bilan Deyvison Figeredoni mag'lub etgandi. Nurmagomedov hisobida 20 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Uning UFC’dagi debyuti 2021 yilning yanvarida bo'lib o'tgan - o'shanda u Qozog'iston vakili Sergey Morozovni muddatidan oldin taslim etgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar