11 fev 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Umar Nurmagomedovning UFC 272 turniridagi raqibi malum
Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangi uchun raqibi malum bo'ldi.
Xabib Nurmagomedovning jiyani 5 mart kuni London shahrida o'tkaziladigan UFC 272 turniri doirasida amerikalik Brayan Kellexerga qarshi oktagonga ko'tariladi. Kellexer MMAdagi faoliyatida 24 ta g'alaba va 12 mag'lubiyat qayd etgan.
Aslida Umar 19 mart kuni aynan Londonda o'tadigan UFC Fight Night turnirida uelslik Jek SHor bilan jang qilishi kerak edi. Lekin bu jang nomalum sabablarga ko'ra bo'lmaydi. O'sha kuni SHorga qarshi boshqa bir rossiyalik MMA jangchisi Timur Valiev oktagonga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov oxirgi jangini shu yilning 20 yanvar kuni qozog'istonlik Sergey Morozovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar