18 sen 07:30
Yangiliklar
Sport kurashlari

Umidjon Jalolov: "Har qanday raqibni yutsa bo'ladi"
O'zbekistonlik erkin kurashchi Umidjon Jalolov Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
23 yashar sportchi kecha Xorvatiyaning Zagreb shahri mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligi doirasida 65 kg vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
"Har qanday raqibni yutsa bo'ladi. Biz ham tayyorlanganmiz. Kudiev bilan anchadan beri jang qilamiz, ko'pdan beri bir-birimizni bilamiz. SHuning uchun u bilan to'qnashuv biroz qiyin kechdi. Afsuski, yarim finalda yaponiyalik raqibimga yutqazib qo'ydim. Tayyorlanib, uni ham yutaman, Xudo xohlasa. Keyingi safar kuchliroq bo'lib qaytamiz va Jahon chempionligi kamarini yurtimizga olib boramiz", deydi Jalolov.
Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar