11 may 16:17
Yangiliklar
Umidjon Jalolov ilk bosqichdayoq yutqazdi. Qolgan ikki kurashchimizda qanday natija?
Bugundan erkin kurash musobaqasiga ham start berildi. Olimpiada licenziyasi uchun 3 nafar erkin kurashchimizning bahslarga kirishishi haqida xabar bergan edik. Ular Bishkekdagi Osiyo licenzion turnirida bu imkoniyatdan foydalana olmagan edilar.
Afsuski, ulardan Umidjon Jalolov ilk bosqichdayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. -65 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jalolov birinchi bo'limdan keyin 2-0 hisobida oldinda borayotgandi. Ikkinchi bo'limda esa hindistonlik raqibi Sujitga alamli tarzda yutqazib qo'ydi - 2:3.
-97 kg vaznda kurashayotgan eng tajribali kurashchimiz, Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sovrindori 39 yoshli Magomed Ibragimov ilk bosqichda franciyalik Adlan Visxanovdan 11-0 hisobida ustun keldi. Uning 1/8 finaldagi raqibi mo'g'ulistonlik Ganhuyag Ganbaatar bo'ladi.
-125 kg vazndagi polvonimiz Hasanboy Rahimov ham licenzion turnirni g'alaba bilan boshlab oldi. U kvalilifkaciya raundida albaniyalik Paris Karepini 3-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi Rahimov 1/8 finalda yaponiyalik Taiki Yamamotoga qarshi gilamga chiqadi.
Fikrlar