17 sen 10:37
Yangiliklar
Sport kurashlari

Umidjon Jalolov Jahon chempionatida hisobimizga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Zagreb shahrida (Xorvatiya) tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ikkinchi medaliga sazovor bo'ldi.
Kecha bahs olib borgan yurtdoshlarimizdan Umidjon Jalolov (-65 kg) bronza medaliga ega chiqdi.
Hamyurtimiz uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda neytral maqomda kurashgan rossiyalik Ibragim Ibragimovdan ustun keldi.
Avvalroq, Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaev ham musobaqada uchinchi natijani qayd etgandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar