So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

18 sen 21:32
Yangiliklar

Sport kurashlari

Umidjon Jalolov jahon chempionatidagi ishtirokini erta yakunladi, 38 yoshli Magomed Ibragimovda ham mag'lubiyat, ammo unda imkoniyat saqlanib qoldi

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kunidan o'rin olgan bellashuvlar yakunlandi.

Bugungi kun doirasida O'zbekiston terma jamoasining 6 nafar azosi gilamga chiqdi. Afsuski, vakillarimizning deyarli barchasi mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatini juda erta yakunlashdi.

Dastlab, o'tish bosqichiga yo'l olgan ikki vakilimiz — Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va G'ulomjon Abdullaev (-57 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

-65 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Umidjon Jalolov esa 1/16 final doirasida bolgariyalik Mikyay Naimdan ustun keldi. Nimchorak final bosqichida esa sportchimiz amerikalik Nik Li oldida ojiz qoldi. Nik keyingi bellashuvida yutqazgani uchun Jalolovning oxirgi umidi ham so'ndi. 

Ayollar kurashi bo'yicha start olgan bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan o'smirlar olimpiadasining kumush medali sovrindori SHohida Ahmedova 1/8 finalda germaniyalik Anastasiya Blayvasga yutqazib qo'ydi.      

Tajribali kurashchimiz, 38 yoshli Magomed Ibragimov (-97 kg) esa ilk bosqichdayoq Bahrayn vakili Axmed Tajudinovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Lekin Tajudinov finalga etib kelgani bois, Ibragimovda bronza medali hamda Parij Olimpiadasi yo'llanmasi uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Buning uchun u avvaliga Kosta-Rika kurashchisi Maksvell Lemarni mag'lub qilish talab etiladi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing