29 apr 17:24
Yangiliklar
Sport kurashlari
Umidjon "Tilla bola" Jalolov porlagan ikki musobaqa hamda taqdirlash marosimlaridan FOTOREPORTAJ
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Umidjon Jalolov o'smirlar va yoshlar o'rtasida qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan.
Yosh kurashchimiz o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo hamda jahon chempioni, 2018 yili Argentinada o'tgan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. U erishgan natijalari uchun "Sport Oskari" - "Oltin mangust" sovriniga ham ega chiqqan.
-48 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Umidjon finalga qadar JAR va Turkiya vakillaridan ustun keldi. Olimpiada chempionligi uchun kechgan bellashuvda esa gruziyalik Giorgi Gegelashvilini 8:2 hisobida mag'lub etgandi. Jalolov Olimpiada yo'llanmasini Toshkentda o'tgan licenzion musobaqada qo'lga kiritgan edi.
Suratlar muallifi - Anvar ILYASOV
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar